18:45 / 26.06.2015
3907

Yaponiyalik jurnalistlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekistonga bir guruh yapon jurnalistlari tashrif buyurdi. Ular orasida Kyodo News agentligi, Yomiuri Shimbun va Asahi Shimbun gazetalari xodimlari bor.
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi saytida xabar qilinishicha, ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlariga tashrif buyurib, diqqatga sazovor joylar va tarixiy yodgorliklar bilan tanishib chiqqan.
Sayohat davomida ushbu shaharlardagi tarixiy obidalar zonasida foto va videolavhalar tushirilgan. Ular Yaponiya OAVida e'lon qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Asahi Shimbun gazetasi Yaponiyaning eng mashhur nashrlari uchligiga kiradi. Uning auditoriyasi 25 mln kishidan iborat. Yomiuri Shimbun gazetasining auditoriyasi 27 mln kishini tashkil qilib, u mamlakatdagi eng mashhur nashr hisoblanadi.

Top