07:15 / 27.06.2015
3358

Amerika Kubogi-2015 chorak finalida Argentina penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etdi

Chilida bo‘lib o‘tayotgan 2015 yilgi Amerika kubogining chorak finali doirasidagi yana bir uchrashuv Argentina va Kolumbiya o‘rtasida o‘tkazildi.

O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.

Shundan so‘ng boshlangan "futbol lotereyasi"da argentinaliklarning omadi keldi. Tomonlar 7 martadan zarba yo‘llashdi.

11 metrlik nuqtasidan zarba berishda Kolumbiya terma jamoasining Xames, Falkao, Kuadrado va Kardona kabi futbolchilar aniq harakat qilishgan bo‘lsa, Suniga, Murilo va Muriel kabi futbolchilar imkoniyatdan foydalana olishmadi.

Argentinaning ikki futbolchisi, Bigliya va Roxo zarba berishda adashishdi, lekin Messi, Lavessi, Banega, Garay va Teves aniq harakat qilish evaziga jamoaga 5:4 hisobidagi g‘alabani taqdim etishdi.

ArgentinaKolumbiya – 0:0 (5:4)
Ogohlantirishlar: Aguero, 20; Maskerano, 34; Messi, 90+1 – Rodriges, 12; Mexiya, 21; Aryas, 37; Kuadrado, 40; Falkao, 86.

Top