15:08 / 27.06.2015
2457

Bartomeu Arda Turon bilan uning "Barselona"ga o‘tishi bo‘yicha gaplashib oldi

"Barselona" jamoasi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Madridning "Atletiko" jamoasining turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turon bilan uchrashdi. Bartomeu bu futbolchi bilan uning katalonlar jamoasiga o‘tishi haqida gaplashgan. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Luis Enrike rahbariyatdan shu futbolchini sotib olishni talab qilgan.

Arda Turonning "matraschilar" bilan shartnomasi 2017 yilgacha tuzilgan bo‘lib, uning o‘zi bu jamoani tark etishni istamoqda.

"Atletiko" bu futbolchi bilan shartnomaning bir tomonlama buzilishi uchun 41 mln yevro narx belgilagan.

Biroz oldinroq, Turon APLda o‘ynash istagida ekani xabar qilingandi.

Top