10:02 / 27.06.2015
2658

Dardanell bo‘g‘ozida kruiz layneri tanker bilan to‘qnashib ketdi

Gretsiyaning Mikonos orolidan Istambulga ketayotgan Celestyal Crystal kruiz layneri Pimlico tanker bilan to‘qnashib ketdi.

To‘qnashuv Dardanell bo‘g‘ozining shimoliy qismida yuz berdi. To‘qnashuv oqibatida laynerning bir necha yo‘lovchisi jarohat oldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, tankerdagi rezervuarlar shikastlangan, ular ichidagi suyuqlik oqib chiqqan, oqib chiqqan suyuqlik miqyosi noma'lum. Ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv ikkala kema aybi bilan sodir bo‘lgan, kemalar harakatini boshqarish markazi ularni to‘qnashuv xavfi borligidan xabardor etgan”, deyilmoqda Sovfraxt dengiz byulleteni internet-nashri bergan xabarda.

Kruiz laynerida 853 nafar yo‘lovchi va 382 nafar kema ekipaji bo‘lgan. To‘qnashuv mahalliy vaqt bilan 01.25 da sodir bo‘lgan. Pimlico tankeri Tuapsedan Maltaga ketayotgan bo‘lgan. Ikkala kema ham Gallipoli yarimoroli yaqinida langar tashladi.

Top