08:18 / 27.06.2015
2649

Italiyaning Caviar brendi qimmatbaho Apple Watch soatlarini tayyorlamoqda

Italiyaning Caviar zargarlik brendi Apple Watch soatining qimmatbaho versiyasini taklif qilmoqda.

Apple Watch Sport negizida yasalgan bu soatning korpusi 18 karatli oltin bilan qoplangan. Bo‘g‘inlari milancha uslubda o‘rab chiqilgan soat bilakuzugi ham 18 karatli oltindan yasalgan.

Caviar tomonidan yasalgan bu soatning narxi 2700 dollarga yaqinni tashkil qilmoqda. Apple`ning o‘zi ham Watch Edition`ning oltindan yasalgan versiyasini ishlab chiqarmoqda, biroq uning narxi 10 ming dollardan yuqorini tashkil qiladi. Watch Sport`ning oddiy versiyasi 350 dollardan boshlab taklif qilinmoqda.

Top