07:32 / 27.06.2015
5853

Kolumbiyalik o‘smir beliga sanchilgan pichoq bilan bir oy davomida yurgani ma'lum bo‘ldi

Kolumbiyalik o‘smir nafas olishidagi muammolar bilan shifokorga murojaat qilmagunga qadar bir oy davomida beliga pichoq sanchilganidan bexabar yurgan, deb xabar bermoqda El Heraldo nashri.

19 yoshli Jonni Pacheko Moralinez rentgen qilinganda uning belida 14 santimetrli pichoq tig‘i borligi aniqlangan. Taxmin qilinishicha, pichoq o‘smirga mushtlashganda sanchilgan.

Qayd etilishicha, jarrohlik amaliyotidan keyin o‘smir o‘zini shunchalik yaxshi his qilganki, operatsiyadan bir soat o‘tib, uyiga yuborilgan.

Top