11:10 / 27.06.2015
2376

Kuvayt va Tunisdagi teraktlar qurbonlari soni 66 kishini tashkil etmoqda

26 iyun kuni Kuvaytdagi shialar masjidida sodir etilgan portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 27 nafarni tashkil etdi va 227 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda Kuvayt Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qilgan.

Xuddi shu kuni Tunisdagi ikki mehmonxona hududida jangari tomonidan 39 sayyoh o‘ldirilgan va 36 kishi jarohatlangan.

Bu ikki terakt uchun ham javobgarlikni "IShID" o‘z zimmasiga olgan.

Natijada bu teraktlar natijasida jami 66 kishi halok bo‘ldi.

Top