17:02 / 27.06.2015
3108

Kuvaytdagi teraktni amalga oshirgan jangarini masjidga olib kelgan mashina egasi hibsga olindi

Kuvaytagi shialar masjidida o‘zini portlatgan terrorchi masjidga kelgan mashina egasi hibsga olindi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda 26 iyun kuni mashina boshqaruvida bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda.

Biroz oldinroq, teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, bir qancha kishi hibsga olingani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni Kuvayt poytaxti El-Kuvayt shahridagi shialar masjidida juma ibodatiga yig‘ilgan namozxonlar bino hududida jangarilardan biri o‘zini portlatishi tufayli jabrlanishgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 27 kishi halok bo‘lgan va 200dan ortiq kishi jarohatlangan.

Bu terakt uchun javobgarlikni "IShID" o‘z zimmasiga olgan.

Top