08:11 / 27.06.2015
2934

Messi: Kolumbiyaga qarshi Amerika Kubogidagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogi-2015 turnirining chorak finalida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yini terma jamoaning bu musobaqadagi eng yaxshi o‘yini bo‘lganini aytdi.

"Bu bizning hozircha turnirdagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lib turibdi. Biz o‘yinda yaqqol ustunlik qildik, lekin ko‘plab golli vaziyatlarni golga aylantira olmadik", deya fikr bildirdi Messi.

Eslatib o‘tamiz, bu o‘yinda argentinaliklar penaltilar seriyasida 5:4 hisobi bilan g‘alaba qozonishdi va yarim finalga yo‘l olishdi.

Endi jamoa 31 iyun kuni Braziliya va Paragvay juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Top