14:47 / 27.06.2015
2239

Nyu-Yorkdan Kuvaytga uchish vaqtida yo‘nalishni o‘zgartirgan samolyot Londonga qo‘ndi

Nyu-Yorkdan havoga ko‘tarilgan va Kuvaytga borishi kerak bo‘lgan samolyot Germaniyaga yetganida bortida favqulodda holat yuz bergani haqida ma'lum qilib, Buyuk Britaniyadan qo‘nish uchun ruxsat so‘radi. Samolyot ayni vaqtda Londonga qo‘ngan. Bu haqda Sky News xabar berdi.

"Kuvayt aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyot Xitrou aeroportiga qo‘nishni amalga oshirdi", deyiladi xabarda.

Hozircha bortda nega favqulodda holat e'lon qilingani va yo‘nalish o‘zgartirilgani haqida aniq ma'lumot berilmadi.

Top