08:52 / 27.06.2015
2922

Obama Charlston cherkovida otib tashlangan pastorning dafn marosimida ma'yus kuy ijro etdi

AQSh prezidenti Barak Obama Charlston cherkovidagi otishma qurbonlaridan biri, cherkov pastori Klement Pinknining dafn marosimida ma'yus kuy ijro etdi. Bu haqda The Time nashri xabar bermoqda.

OAVlarning ma'lum qilishicha, AQSh yetakchisi nasroniylar madhiyasi sanaladigan “Xudoning marhamati” (Amazing Grace) qo‘shig‘ini kuylagan.

Qayd etilishicha, Obama cherkovda halok bo‘lganlarning har birining xotirasini birma-bir yod etdi.

Ma'lumot uchun, 18 iyunda AQShning Janubiy Karolina shtati Charlston shahridagi mamlakatdagi eng mashhur afroamerikaliklar cherkovlaridan birida oq tanli 21 yoshli o‘smir tomonidan uyushtirilgan otishma oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan.

Top