"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Serxio Ramosning "Real"dan "MYu"ga kelishi haqidagi gaplarga ishonchsizlik bilan qaramoqda.
Uning fikricha, bu futbolchining agenti tomonidan "Real" Ramosga yaxshiroq moliyaviy shartnoma taklif qilishi uchun o‘ylab topilgan.
"Ramos "Manchester Yunayted"da? Bunday bo‘lmaydi. U bu yerga kelmaydi. Menimcha, unga "Real"da yangi shartnoma taklif qilishadi.
Balki, bu mish-mishlar aynan shunday bo‘lishi, Ramosga moliyaviy jihatdan yaxshiroq shartnoma taklif qilinishi uchun uning agenti tomonidan tarqatilgandir", deb fikr bildiradi Ferdinand Goal.com nashri vakiliga bergan intervyusida.