Samvel Babayanning aytishicha, «Paxtakor»ga ustozlik qiladigan mutaxassis nomi birinchi davra yakuniga qadar ma'lum bo‘ladi.
«Birinchi davra oxirigacha jamoamizni boshqaradigan yangi mutaxassis nomini aniqlab olamiz», - dedi Samvel Babayan «Nasaf»ga qarshi o‘yindan so‘ng.
«Bir narsani aytmoqchiman, «Paxtakor»da barcha nima qilishi lozimligini yaxshi biladi. Ishlar hamisha yuqori saviyada olib boriladi», - deya qo‘shimcha qildi Samvel Babayan.
Qayd etish joiz, «Paxtakor» – «Nasaf» (3:1) o‘yini Babayan uchun «Paxtakor» ustozi sifatidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Mutaxassis 23 iyun kuni Mirjalol Qosimov o‘rniga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Manba: pakhtakor.uz