18:29 / 28.06.2015
2545

“Manchester Yunayted” De Xeani o‘z shartnomasi muddatining oxirigacha ishlab berishga majbur qilishi mumkin

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea jamoani tark etib, “Real”ga o‘tishga ruxsat olmasligi mumkin.

The Daily Mail nashrining xabar berishicha, “Real” ispaniyalik darvozabon uchun 20 mln funt sterling to‘lashdan bosh tortmoqda.

Madridliklar de Xea ularga bir yildan keyin tekinga tushishi mumkinligini hisobga olib, mankunianliklarga 13 mln funt sterling taklif qilishmoqda.

Biroq tomonlarning birortasi murosaga bormayapti. Bu esa “MYu” kelishuvlarni bas qilib, de Xeani shartnoma bo‘yicha yana bir yil ishlab berishiga majbur qilishiga olib kelishi mumkin. So‘ngra esa darvozabon erkin agent sifatida qo‘yib yuboriladi.

Top