11:29 / 28.06.2015
1641

“Milan” “Zenit” yarim himoyachisi Vittselni xarid qilish uchun muzokara o‘tkazmoqda

“Milan” jamoasi “Zenit” yarimhimoyachisi Aksel Vittselni xarid qilishga harakat qilmoqda, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.

“Rossonerlar” vitse-prezidenti Adriano Galliani ftbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishilgandan keyin Sankt-Peterburgga “Zenit” bilan muzokaralar o‘tkazish uchun darhol uchib ketishi aytilmoqda.

26 iyun kuni Galliani Vittsel bilan gaplashishdan oldin belgiyalik futbolchining otasi bilan muzokara o‘tkazdi.

“Zenit” futbolchini 40 mln yevrodan kamga sotmoqchi emas.

Top