11:12 / 28.06.2015
2586

Armaniston prezidenti namoyishchilarni hamkorlik qilishga chaqirdi

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan mamlakatda elektr energiyaga narxning oshishiga qarshi Yerevandagi norozilik namoyishlarida ishtirok etayotganlarga energetik sohadagi muammolarni birgalikda hal qilishni taklif qilmoqda.

O‘z navbatida, namoyishchilar prezidentning taklifiga 28 iyundagi namoyishdan keyin javob berishlarini aytishdi.

Sargsyan mamlakatni ikki lagerga, ya'ni “bizlarniki va sizlarniki”ga ajratish xavfliligini ta'kidlamoqda. “Men norozilik bildirayotgan yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman: aziz yoshlarimiz, javobgarlikni o‘z zimmangizga olish va jamiyatda shubha muhitini kamaytirishga imkon beradigan qadamlarni ishlab chiqishda ishtirok etishdan qo‘rqmang”, deb aytdi Sargsyan.

Sargsyan namoyishchilarni “shahar markazini falajlashni bas qilishga” va Marshal Bagramyan qo‘chasini bo‘shatishga chaqirdi. U, shuningdek, namoyish yetakchilari bilan uchrashishga va'da berdi. “Birgalikda ko‘p narsalarni amalga oshirishimiz va bu murakkab jarayonni yakunlashimiz kerak”, deb o‘z murojaatini nihoyaladi Sargsyan.

Top