22:54 / 28.06.2015
7400

Damashqdagi terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Suriya poytaxti Damashqda 28 iyunda mamlakatning eng gavjum bozorlaridan birida portlash yuz berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“Terrorchilar tomonidan otilgan artilleriya snaryadi Damasqning shimoli-sharqiy qismidagi Saruja tumanidagi bozor yaqinida portladi”, deb aytilmoqda xabarda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jarohat oldi.

2015 yil boshidan beri ushbu terakt sodir bo‘lguncha Damashqdagi vaziyat ancha barqaror edi. Biroq tinchlikni ushbu terakt buzdi. Hozircha hech qaysi bir ekstremistik guruh ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi, deb xabar bermoqda mamlakat huquq-tartibot muassasalari.

Top