09:07 / 28.06.2015
2086

Demba Ba Xitoyning “Shanxay Shenxua” jamoasiga o‘tdi

Senegallik futbolchi Demba Ba Turkiyaning “Beshiktosh” klubidan Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubiga o‘tdi.

27 iyun kuni 30 yoshli hujumchi Xitoyga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin, transfer o‘z nihoyasiga yetkazilishi kerak edi.

Klublar transfer summasini oshkor etishmayapti. Joriy mavsumda Ba Turkiya chempionatida 29ta o‘yinda 18ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Top