09:21 / 28.06.2015
4709

Fransiya bosh vaziri: Biz islom diniga qarshi urishmayapmiz

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals 26 iyun kuni Fransiya, Tunis va Kuvaytda amalga oshirilgan teraktlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Bu haqda  Journal du Dimanche nashrida yozilgan.

"Biz Islom diniga qarshi jangda emasmiz", deydi Vals.

Uning ta'kidlashicha, islom dinida insoniy qadriyatlarga amal qiluvchi yaxshi odamlar toifasi bilan birgalikda bu toifaqa qarama-qarshi aqidaparastlar ham mavjud.

Bosh vazir Fransiyaning barcha fuqarolarini qaysi dinga e'tiqod qilishidan qat'i nazar terrorizm balosiga qarshi birlashishga chaqirdi.

Top