17:33 / 28.06.2015
3148

Krishtianu Ronaldu va Messining nomzodlari ESPY-2015 mukofotiga qo‘yildi

AQShning sport yo‘nalishidagi ESPN kabel telekanali tomonidan o‘tkaziladigan ESPY-2015 mukofotining eng yaxshi xorijiy sportchi (Shimoliy Amerikadan bo‘lmagan) yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlar nomi ma'lum bo‘ldi.

Nomzodlar orasida “Real” va “Barselona” futbol jamoalari hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining nomlari ham bor.

Ularga bu borada serbiyalik tennischi Novak Jokovich, “Formula-1” avtopoygasining britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton va yangi zelandiyalik golfchi ayol Lidiya Ko raqobatchilik tashkil qiladi.

G‘oliblar internetda ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. G‘olib nomi 15 iyul kuni e'lon qilinadi.

Top