19:38 / 28.06.2015
4598

Milliarder Richard Brenson Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini “falokat” bo‘lishini aytmoqda

Milliarder, Virgin korporatsiyasi asoschisi Richard Brensonning fikricha, Buyuk Britaniya Yevrohududda mustahkamroq bo‘lar edi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.

“Mening fikrimcha, agar biz yevroning bir qismi bo‘lganimizda, bizning valyuta ancha arzonroq va Buyuk Britaniyadagi savdo Yevropada mustahkamroq bo‘lardi”, deb aytmoqda milliarder.

Brenson, shuningdek, mamlakatning Yevropa Ittifoqi safidan chiqib ketishi mamlakat uchun “falokatli” oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Avvalroq Brenson Rossiya Britaniyada Yevropaga qarshi harakatlarni moliyalashtirishi mumkinligidan xavotirlanayotgani ma'lum qilingandi.

Top