10:57 / 28.06.2015
9188

Qorasuvda qo‘lga olingan imom Qirg‘izistonda hukumatni to‘ntarish uchun xorijiy jangarilarni yollagani ma'lum bo‘ldi

Ekstremizm uchun sudlangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi so‘roq paytida Qirg‘izistonda teraktlar uyushtirishni va hukumatni to‘ntarishni rejalashtirgan, Qorasuvdagi “As-Saraxsiy” masjidi imomi Rashid Kamolov bilan aloqada bo‘lganlarini aytishgan.

Rashid Kamolov huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan 2015 yilning fevralida diniy esktremizm, terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qilgani, Iroq va Suriyaga jangarilarni yollagani uchun qo‘lga olingan edi.

So‘roq qilingan ikkala sudlanuvchi – Shuhrat Mavlonov va Fayzullo Aminov 2015 yilning 25 mayida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tergovchisi A.Ibrohimov tomonidan Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi so‘rovi bilan so‘roq qilingan.

Top