22:43 / 29.06.2015
2313

“Guanchjou Evergrand” klubi Paulinoni 14 mln yevroga xarid qilganini ma'lum qildi

Londonning “Tottenxem” futbol klubi yarimhimoyachisi futbolchilik faoliyatini Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

26 yoshli yarimhimoyachining klubga o‘tganini klub saytida tasdiqlandi.

“Guanchjou” braziliyalik futbolchi uchun 14 mln yevro to‘ladi va u bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Paulino londonliklar safida ikki mavsumda 67 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta to‘pga mualliflik qilgan.

Top