13:54 / 29.06.2015
2343

17 yoshli qozog‘istonlik pianinochi xalqaro konkurs g‘olibiga aylandi

Qozog‘istonlik Alim Beysembayev Van Klibern nomli xalqaro pianistlar konrkursida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Dallas News nashrining xabar berishicha, AQSh o‘tkazilgan musobaqada qozog‘istonlik musiqachi tengsiz deb topildi hamda 10 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Pianist Pyotr Chaykovskiyning fortepiano konsertini ijro etdi. Amerikalik mutaxassislar uning jozibador ijro uslubiga va mahoratiga yetarli darajada baho bera oldi.
Beysembayev konkursga ota-onasi bilan birgalikda tashrif buyurdi. Uning otasi muhandis bo‘lib, oilasida shu paytgacha hech kim musiqa bilan shug‘ullanmagan. Shunga qaramay, yosh iste'dod sohibi ushbu sohani davom ettirishni niyat qilmoqda.

Top