13:24 / 29.06.2015
6230

Filippinlik 220 kishi iftordan so‘ng islom dinini qabul qildi

Saudiya Arabistonida bo‘lgan 220 nafar filippinlik iftor dasturxoni atrofida arablar bilan birga o‘tirib, shu kunning o‘zidayoq islom dinini qabul qildi.
Voqea Makka shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Mahalliy kompaniyada ishlovchi 220 nafar filippinlik ishchi din boshqaruvi idorasi tomonidan iftorga taklif qilindi. Shu kunning o‘zidayoq ular islom diniga o‘tishga qaror qildi.

Top