16:05 / 29.06.2015
6061

"IShID" Kuvaytdagi masjidni portlatgan terrorchining so‘nggi so‘zlari qayd qilingan videotasmani oshkor qilishdi

"IShID" guruhi Kuvaytdagi masjidni portlatib yuborgan terrorchining so‘nggi so‘zlari qayd qilingan videotasmani ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, videolavha qahramoni asosan Qur'ondan parchalar o‘qigan va shialarni islom dinini haqorat qilishda ayblab, ulardan qasos olajagini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni Kuvayt poytaxtidagi Imom Sodiq masjidida qo‘poruvchilik harakati sodir etildi. Terakt oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi.

Top