13:34 / 29.06.2015
3319

Karim Masimov ijtimoiy tarmoqlar orqali jihodga chorlash holatlaridan ogohlantirdi

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov ijtimoiy tarmoqlarning bugungi kunda katta kuchga aylanayotganini, ular orqali jihodga chorlash hollari ko‘p kuzatilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
“Dunyoda bo‘layotgan hodisalar ekstremizm asosiy tahdidga aylanib borayotganini, bu esa o‘z navbatida birlashish zaruratini keltirib chiqarayotganini ko‘rsatmoqda. Odamlarni bu sohaga jalb qilishning asosiy vositalaridan biriga esa internet tarmog‘i aylanmoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi Kazinform axborot agentligi.
Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan konferensiyadagi chiqishida bosh vazir internet terrorchi guruhlar tomonidan faol o‘zlashtirilib, insonlarni jihodga chaqirish, yoshlarni o‘z saflariga jalb qilishning qulay quroliga aylanib ulgurgan.
“Ayniqsa bu borada Facebook va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlarining o‘rni kattadir”, – qo‘shimcha qildi Masimov.

Top