08:12 / 29.06.2015
2941

Massachusets shtatida kichik samolyot turar joy binosi ustiga qulab tushdi

AQShning Massachusets shtatida Beechcraft BE 36 rusumidagi kichik samolyotning turar joy binosi ustiga qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda BostonHerald nashri.

Samolyot Pensilvaniya shtatidagi Lankaster aeroportidan Massachusets shtatidagi Norvud shahri aeroportiga uchib ketayotgan bo‘lgan. Falokat Bostondan 30 mil narida sodir bo‘lgan.

Samolyot qulashi oqibatda turar joy binosi yonib ketgan. Ko‘p qavatli uyda yashaydigan odamlarning o‘zlari vayronalar ostidan mustaqil ravishda chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
Halok bo‘lganlarning barchasi samolyot ekipaji a'zolari edi.

Hozircha samolyotning qulashi sabablari noma'lumligicha qolmoqda, huquq-tartibot muassasalari idoralari voqea tavsilotlarini o‘rganmoqda.

Top