16:09 / 29.06.2015
7846

O‘zbekiston chegarasini buzgan bir qator tojikistonliklar to‘xtatib qolindi

25 iyun kuni O‘zbekiston chegarachilari ikki nafar Tojikiston fuqarosini qo‘lga oldi. Voqea Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, Andarxon qishlog‘ida sodir bo‘ldi.
MXX Davlat chegarasini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, qo‘lga olish jarayonida tojikistonliklar chegara naryadiga qarshilik ko‘rsatgan.
“Xavfsizlikni ta'minlash hamda huquqbuzarlarni qo‘lga olish maqsadida osmonga ogohlantiruvchi o‘q otildi. Natijada Tojikistonning So‘g‘d viloyati Konibodom tumani Yakkaterak qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1985 yili tug‘ilgan T. Usmonov sonidan jarohat oldi”, – deyiladi xabarnomada.
Usmonov Beshariq markaziy tuman shifoxonasiga o‘rta og‘ir ahvolda yotqizilgan. Ikkinchi huquqbuzar – o‘sha tumanning Patar qishlog‘ida 1991 yili tug‘ilgan X. Qobilov esa qamoqqa olindi.
Voqea yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Top