15:55 / 29.06.2015
2778

Shayxontohur tumanida “Mikrokreditbank”ning yangi mini-banki ochildi

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Amaliyot boshqarmasiga qarashli yangi “O‘rda” mini-banki ish boshladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda. Mazkur mini-bankning ochilish marosimida turli davlat va jamoat tashkilotlar vakillari, bank mutasaddilari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash borasida moliya muassasalari tomonidan olib borilayotgan islohotlar ko‘lami nihoyada keng. Bu borada “Mikrokreditbank” ATB tomonidan xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar misol bo‘la oladi. 

Bugungi kunda bank tarmog‘i, 85 ta filial va 140 ta minibanklar respublikamizning barcha mintaqalaridagi jumladan, eng chekka hududlardagi aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi va bank mijozlari soni qariyb 290 mingtani tashkil etmoqda. 

Ta'kidlash joizki, bank tomonidan birgina joriy yil boshidan buyon kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida jami 705,7 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi. 
Bunda asosiy e'tibor tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilib, aholining mehnatga layoqatli qatlamini, shu jumladan, xotin-qizlarni, yoshlar, kollej bitiruvchilarini tadbirkorlik sohasiga jalb qilish, ish bilan ta'minlash borasida qator tadbirlar amalga oshirildi. 

Bank tomonidan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kollej bitiruvchilarini kichik biznesga jalb etish borasida ham keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirildi va ularga 18,3 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 36,3 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, belgilab olingan vazifalar to‘liq amalga oshirilmoqda.

Top