16:22 / 29.06.2015
2951

Singapurda IShIDni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan voyaga yetmagan bola qamoqdan ozod qilindi

Singapurda IShID guruhini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan voyaga yetmagan bola qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarnoma orqali ma'lum bo‘ldi.
Shunga qaramay, xabarnomada ta'kidlanishicha, 17 yoshli fuqaro doimo nazorat ostida bo‘ladi. Xususan, u o‘z dunyoqarashini o‘zgartirishi uchun diniy rahnamolar bilan uchrashishi va ibodatxonalarga borishi talab qilinadi.
17 yoshli fuqaro o‘tgan oy IShID bilan hamkorlik qilishda gumon qilinib qo‘lga olingan edi. Aytilishicha, u o‘sha paytgacha IShID faoliyatini targ‘ib qilish borasida muayyan ishlarni amalga oshirgan.

Top