13:48 / 29.06.2015
2114

Tailandda MERS virusiga chalingan yagona bemor tuzaldi

Ummonda MERS koronavirusini yuqtirib olgan va 15 iyun kuni davolash uchun nazoratga olingan 75 yoshli tailandlik kishi shifoxonadan chiqarildi. Bu haqda Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, u ayni vaqtda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

TASS nashrida yozilishicha, shifokorlar yana 150 kishining sog‘ligini tekshirib, ularda virus bor-yo‘qligini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Hozircha hech kimda bu xastalik qayd etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada ayni vaqtda 182 kishiga shu kasallikka chalinganlik tashxisi qo‘yilgan. Shu vaqtgacha 32 nafar janubiy koreyalik MERS virusi qurboniga aylangan.

Top