13:48 / 29.06.2015
5592

Tataristonda barja teskari bo‘ldi

Tataristonning To‘qay tumanidagi Kama daryosida suzayotgan barja ag‘darilib ketdi. Buning natijasida navbatchi kapitan halok bo‘ldi. Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
Voqea 29 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Kema tirkamaga ega edi. Halokat natijasija yoqilg‘ining suvga chiqib ketishi hollari kuzatilmadi. Voqeaga barjadagi texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Top