13:45 / 29.06.2015
2633

Tom Kruz Top Gun’ning sikvelida o‘ynaydi

Amerikalik aktyor Tom Kruz 1986 yilning eng mashhur kinosi – Top Gun’ning davomida bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Hollywood Reporter jurnali xabar bermoqda.
Aytilishicha, ayni paytda kinoning ssenariysi ustida ishlanmalar boshlangan. Kartina prodyuseri Devid Ellison Meverik laqabli leytenant Pit Mitchellning rolini Tom Kruz ijro etishiga ishora qildi.
Stsenariy Jastin Marks tomonidan yozilmoqda.
Ellison bergan ma'lumotga qaraganda, kinoda zamonaviy texnologiya va o‘zgarib borayotgan dunyo ko‘rsatiladi. Jumladan, dronlardan, robot samolyotlardan va beshinchi avlod samolyotlaridan faol foydalaniladi.
Filmning sikveli suratga olinishi haqida 5 yil muqaddam ma'lum qilingan edi. Ammo Paramount Pictures kinostudiyasi besh yil davomida bu filmga vaqt ajrata olmay keldi. Endilikda ishlar boshlangani aytilmoqda.

Top