11:34 / 29.06.2015
2284

Tunisdagi terakt oqibatida kamida 30 britaniyalik sayyoh halok bo‘ldi

Tunisda sodir etilgan qo‘poruvchilik oqibatida kamida 30 nafar britaniyalik sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News telekanalining materiali orqali xabar qilindi.
Ayni paytda 15 nafar britaniyalikning halokati TIV tomonidan tasdiqlandi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, ushbu son yaqinda o‘sishi mumkin.
Ayni paytda, mahalliy OAV britaniyalik sayyohlardan 23 nafari halok bo‘lganini ma'lum qilishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Tunisning Sus shahrida Rue Imperial Marhaba mehmonxonasi plyajida yotgan odamlarga qarata noma'lum shaxslar tomonidan o‘t ochilgan edi. Natijada 39 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi.

Top