08:08 / 29.06.2015
1789

Van Gal De Xeaning “MYu”dan ketishi haqidagi mish-mishlardan to‘yganini aytmoqda

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Lui van Gal mankunianliklar darvozaboni David de Xeaning “Real”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlardan “qoni qaynatayotgani” tan oldi.

Cuatro nashri jurnalisti gollandiyalik mutaxassisning o‘zidan bu holat bo‘yicha izoh olishga harakat qilib, Van Galning Amsterdamdagi uyiga telefon qildi.

“De Xea haqidagi gap-so‘zlar qonimni qaynatmoqda. Hech qanday izoh bermayman. Hech qanday muammo yo‘q, shunchaki bu meni qiziqtirmaydi. De Xea va Ramos haqidagi savollarga javob berishni istamayman. Men bunday narsalar haqida matbuot bilan hech qachon gaplashmayman”, deb aytdi Van Gal va jurnalist bilan xayrlashib, go‘shakni ilib qo‘ydi.

Top