09:37 / 30.06.2015
1969

“Chelsi” Pogba uchun 50 mln yevro va Oskarni, “Manchester Siti” esa 100 mln yevro taklif qildi

“Chelsi” klubi “Yuventus” bilan yarim himoyachi Pol Pogbaning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Londonliklar 22 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 50 mln yevro va turinliklarning tranfser nishoni bo‘lgan yarimhimoyachi Oskarni taklif qilishdi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, yana bir ingliz klubi “Manchester Siti” Pogba uchun 100 mln yevro berishga tayyor turibdi.

Qayd etilishicha, “Barselona” Pogba uchun 80 mln yevro va 10 mln yevro bonus sifatida taklif qilgan, bunda kataloniyaliklar Pogbaning “Yuventus” safida keyingi yozgacha qolishiga rozi bo‘lmoqdalar va aynan shu holat futbolchi uchun kurashda hal qiluvchi holat bo‘lishi mumkin.

Top