08:19 / 30.06.2015
8656

Afg‘onistondagi zilzila ta'siri O‘zbekistonda sezildi

30 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan soat 03:07da O‘zbekistonda kuchsiz zilzila qayd etildi.

"Toshkent" seysmologik stansiyasining ma'lum qilishicha, ushbu zilzilar markazi O‘zbekiston poytaxtidan 540 km uzoqlikda, Afg‘onistonning Hindukish tog‘laridagi qismida joylashgan bo‘lib, zilzila o‘chog‘ida 5,5 magnitudali zilzila ro‘y bergan.

"Bu zilzilaning Toshkentdagi ta'siri 2 ballik bo‘ldi", deyiladi xabarda.

AQSh geologiya xizmati ham xuddi shu vaqtda Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegara qismida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani, zilzila markazi 190 km chuqurlikda joylashgani haqida ma'lum qilgan.

Zilziladan jabrlanganlar haqida ma'lumot mavjud emas.

Top