17:09 / 30.06.2015
4250

Alisher Usmonov qilichbozlik bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempionatiga Putinni taklif qildi

Rossiyalik tijoratchi va jamoat arbobi, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ushbu sport turi bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempionatiga taklif qildi. Eslatib o‘tamiz, musobaqa 13-20 iyul kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadi.
Davlat rahbari bilan uchrashuv chog‘ida Usmonov Rossiya terma jamoasi ikki yildan beri ketma-ket umumjamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egallayotganini eslatib o‘tdi.

Top