15:04 / 30.06.2015
6256

Andijon viloyatidagi 158 masjidda xatmi Qur'on o‘tkazilmoqda

Hozirgi kunda Andijon viloyatida 181ta masjid faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning barchasida tarovih namozlari o‘qilyapti, 158ta masjidda xatmi Qur'on o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Masjidlar bo‘limi xabar bergan.

Taqqoslash uchun, Andijon viloyatida 1991 yilgacha atigi 8ta masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning faqat 3tasida xatmi Qur'on o‘tkazilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ko‘rsatmasiga muvofiq 15 kundan kam bo‘lmagan muddatda o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Shunga muvofiq, Andijon viloyatidagi 112 ta jome masjidida bir xil – 20 kunlik xatmi Qur'on o‘tkazilmoqda.

Top