08:52 / 30.06.2015
2429

AQSh elchixonalarida vizalar berish bilan yuzaga kelgan muammo hal qilindi

AQShning xorijdagi barcha konsullik muassasalarida kirish vizalarini berish xizmati qayta tiklandi, deb aytmoqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Mark Toner.

"Viza berish bilan shug‘ullanadigan barcha elchixonalar va konsulliklar ishchi holatga qaytdi", deb ta'kidlab o‘tdi Toner.

Tonerning aytishicha, 21-29 iyun kunlari AQShning xorijiy konsulliklari 410 mingdan ko‘proq noimmigratsion kirish vizalarini taqdim qilgan.

Top