18:12 / 30.06.2015
8173

AQSh hukumati o‘zbekistonlik chegarachilarga bir necha avtomobillar guruhini taqdim etdi

AQSh hukumati o‘zbekistonlik chegarachilarga bir necha avtomobillar guruhini taqdim etdi. Bu haqda Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar tarqatildi.

Manbaning yozishicha, texnikalarni yetkazib berish O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi 2001 yilda tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi va AQSh o‘rtasida imzolangan giyohvand moddalar nazorati va huquqiy mezonlar bo‘yicha hukumatlararo kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.

«2015 yilning 29 iyunida Amerika tomoni «MAN TGM 13.280» rusumli 20 dona avtomobilni O‘zbekiston MXX chegara qo‘shinlari foydalanishi uchun taqdim etdi», — deya aniqlik kiritadi matbuot xizmati.

Top