06:27 / 30.06.2015
3248

Arab davlatlari koalitsiyasi xato tufayli Yamandagi BMT vakolatxonasiga aviazarba berdi

Husiychilarga qarshi kurashayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 28 iyunda xato tufayli Yamanning Adan shahridagi BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) vakolatxonasiga aviazarba berdi. Binoga jiddiy shikast yetdi, qo‘riqchilardan biri yaralandi. Bu haqda BMT rasmiy vakili Farxon Xaqqa iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

BMT Bosh kotibi bu aviazarbani qoralab chiqdi. “Bosh kotib Yamanda uzoq muddatli tinchlikka erishishning yagona yo‘li – to‘qnashuvning barcha tomonlari tomonidan jangovor harakatlarning to‘xtatilishi va muzokaralar o‘tkazishga qaytish ekanligini yana bir bor ta'kidlashiga ishonchi komil”, deb aytdi Haq.

Pan Gi Mun ushbu holat bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘radi.

Ma'lumot uchun, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi ijrochi tashkilot bo‘lib, 1965 yilda tashkil etilgan. UNDP rivojlanayotgan davlatlarga qashshoqlik va atrof-muhit ifloslanishi bilan kurashishga yordam beradi. Tashkilot dunyoning 170 dan ortiq davlatida faoliyat yuritadi.

Top