10:26 / 30.06.2015
2461

Gollandiyalik komik Blatter haqida "qora komediya" sahnalashtirmoqchi

Gollandiyalik komik Tom de Ket mahalliy teatrlardan birida Yozef Blatterning FIFA prezidenti lavozimidagi oxirgi kunlaridan so‘zlovchi musiqali qora komediya sahnalashtirmoqchi, deb xabar bermoqda nos.nl portali.

“Blatter – Shekspir qahramoni Richard III ning o‘zginasi. Juda ayyor yovuz, biroq shu bilan birga o‘ziga rom qiluvchi shaxs. Teatr sahnasi uchun ajoyib material”, deb aytmoqda de Ket.

Komikning aytishicha, ushbu spektaklning prodyuserlaridan biri sifatida Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi prezidenti Mixael van Praag chiqmoqda. Spektakl premerasi 2016/17 yillardagi teatr mavsumida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Top