14:16 / 30.06.2015
2159

Isko Benites bilan o‘tkazilgan suhbatdan keyin "Real"da qolishga qaror qildi

"Real" jamoasining yosh yarim himoyachisi Isko "Yuventus"ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Biroz oldinroq 23 yoshli bu futbolchi turinliklar tomonidan Pirloga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilayotgani xabar qilingandi.

As nashrida yozilishicha, 23 yoshli bu futbolchi jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites bilan o‘tkazilgan telefon muloqotidan keyin Madridda qolishga rozi bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, Benites Iskoni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri ekaniga ishontirgan va unga kelasi mavsumda ko‘proq o‘yin vaqti berilishini va'da qilgan.

Lekin, o‘z navbatida Benites Iskoni har safar boshlang‘ich tarkibda tushira olmasligidan ogohlantirgan.

Top