22:29 / 30.06.2015
3656

Jyervino vertolyot va shaxsiy plyaj talab qilgani uchun “Al-Jazira” undan voz kechdi

“Roma”ning ivuarlik hujumchisi Jyervinoning “Al-Jazira”ga o‘tishi bo‘yicha bitimning bekor qilinishi sabablari oshkor qilindi.

Abu-Dabining “Al-Jazira” klubi futbolchi haddan ziyod ko‘p narsa talab qilib yuborgandan keyin uni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytdi.

Futbolchi unga uchuvchi bilan vertolyot, Abu-Dabida oilasi uchun uy-joy, shaxsiy plyaj va Kot-d’Ivuarga cheksiz sondagi biletlar taqdim qilinishi bandlari bo‘lgan shartnomani tuzishni mo‘ljallayotgan edi.

Futbolchining “Roma” bilan shartnomasi 2018 yilda tugashiga qaramasdan, uning kelajagi savol ostida qolmoqda

Top