11:12 / 30.06.2015
7357

Makro supermarketlarida Tailanddan keltirilgan sariq rangli tarvuzlar sotilmoqda

Makro supermarketining feysbukdagi sahifasida sariq rangli tarvuz tiliklari surati joylashtirildi.

"Biz Tailandda yetishtirilgan sariq tarvuzlarni ilk marta supermarketlarimizda sotishni boshlaymiz", deyiladi sahifada.

Bunday tarvuzlarning bir donasi 13 ming so‘mdan sotilayotgani aytilgan.

Internet foydalanuvchilardan birining so‘roviga javoban bunday tarvuzlar savdo tarmog‘ining barcha filiallarida savdoga chiqarilgani ma'lum qilingan.

Yana bir foydalanuvchi esa bu tarvuzni tatib ko‘rishga ulgurgani haqida yozgan va uning ta'mi nisbatan shirinroqligini e'tirof etgan.

Top