10:03 / 30.06.2015
3083

Meyuezer Forbes`ning eng “kassabop” yulduzlar reytingida birinchi o‘rinda qayd etildi

Forbes jurnali 17-marta eng katta gonorarlarga ega yulduzlar reytingini e'lon qildi. Ro‘yxatdan 100 ism o‘rin oldi.
Bunda ularning nafaqat asosiy ishidan, balki reklama shartnomalaridan va shaxsiy bizneslaridan keladigan daromad ham hisobga olindi.
Ro‘yxat cho‘qqisini bokschi Floyd Meyuezer egalladi – 2014 yilning 1 iyunidan 2015 yilning shu kuniga qadar u 300 mln dollar ishlab topdi.

Ikkinchi o‘rinni Meyuezerning filippinlik raqibi, mashhur bokschi Menni Pakyao 160 mln dollar bilan egalladi. Qizig‘i, 2 may kuni u aynan Meyuezerdan mag‘lub qilingan edi. Shunga qaramay, bu uchrashuvdan filippinlik yulduz 125 mln dollar ishlab topdi.

Uchinchi natija amerikalik xonanda Keti Perri tomonidan qayd qilindi. Prismatic World Tour dasturidan 30 yoshli qo‘shiqchi jami 135 mln dollar ishladi. Buning uchun 126 shou uyushtirishga to‘g‘ri keldi, shulardan 75tasi AQShdan tashqarida qo‘yildi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Buyuk Britaniyaning One Direction guruhi (130 mln dollar), amerikalik radioboshlovchi Govard Stern (95 mln dollar), kantri uslubi yetakchilaridan Gart Bruks (90 mln dollar), yozuvchi-belletrist Jyeyms Patterson (89 mln dollar), aktyor Kichik Robert Dauni (80 mln dollar), qo‘shiqchi Teylor Svift (80 mln dollar), futbolchi Krishtianu Ronaldular (79.5 mln dollar) o‘rin oldi.

Top