13:39 / 30.06.2015
2146

Nogironlar huquqini buzgan olma-otalik haydovchi 99 ming tengelik jarimaga tortildi

Olma-ota shahrida nogironlar uchun maxsus joyni avtomobili bilan egallab olgan holda, o‘z mijozlarini kutishni odat qilgan haydovchi jarimaga tortildi. Bu haqda "Almaty" telekanalida ma'lum qilingan.

Telekanalning "Guvoh" nomli ko‘rsatuvida efirga uzatilgan bu jarayonda uning hujjatlari joyida emasligi, hamda savollarga yolg‘on javob berishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, u jurnalistdan kamerasini o‘chirib qo‘yishini qattiq talab qiladi.

Natijada, tegishli qonun-qoidalarga amal qilmagan bu shaxsga nisbatan 99 ming tenge jarima jazosi qo‘lllanadi.

Top