11:00 / 30.06.2015
2619

O‘zbekiston terma jamoasi Livan bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmasligi ma'lum qilindi

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi milliy terma jamoaning Livan bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.

"Bunday ma'lumot hech qanday asosga ega emas", deb bayonot berdi O‘FF matbuot xizmati.

Biroz oldinroq, 26 avgust kuni livanliklar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘FF matbuot xizmati ayni vaqtda FIFA kunlarida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish uchun bir qancha federatsiyalar bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida ma'lum qilgan.

Top